14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Xalqaro munosabatlar
29 Yanvar  2019 5656

Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi

2017-yilning iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xalq diplomatiyasi markazini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bugun ana shu markazning ochilishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati xabar berdi.

Markaz ShHT mamlakatlari bilan madaniy aloqalarni kengaytirish, delegatsiyalarning tashriflarini uyushtirish, ShHTga a’zo davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish singari vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek, markaz ShHT mamlakatlari xalqlarining boy tarixiy va madaniy merosini o‘rganish maqsadida axborot resurslarini shakllantirish va OAV bilan o‘zaro hamkorlik qilishga ko‘maklashadi.

Tadbirda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi rahbari, senator Rahmatulla Nazarov butun dunyoda globallashuv  va integratsiya jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitda xalq diplomatiyasi xalqaro munosabatlarning asosiy unsuriga aylanayotganini ta’kidlab, xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanish ShHT mamlakatlari va ularning xalqlari yaqinlashishiga, o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilik ruhi mustahkamlanishiga ko‘maklashishini aytdi.

Tadbir so‘nggida Xalq diplomatiyasi markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech