16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Moliya
23 Avgust  2019 930

Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatni baholadi

JB hisobotida valyuta bozorini liberallashtirish, valyuta kursini unifikatsiya qilish, bozor bahosini o‘rnatish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasini kamaytirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, investitsiyalarning o‘sishi va iste'mol hajmining oshishi real YaIM ko‘rsatkichida – 2017-yildagi 4,5 foizdan 2018-yildagi 5,1 foizgacha, keyin 2019-yilning birinchi choragida 5,3 foiz bilan o‘z aksini topgan. Shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlar ko‘magida 2021-yilga qadar ko‘rsatkich 6 foizga yetishi mumkinligi ham ta'kidlanadi.

Yillik inflyasiya 2018-yil boshida eng yuqori nuqtaga, ya'ni 20 foizga yetgan, dekabr oyiga 14,3 foizga kamaygan va bu 2018-yildagi 17,5 foizlik o‘rtacha yillik ko‘rsatkichga olib keldi.

Inflyasiya bosimining 2019-2020-yillarda ham saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. Bunga quyidagi sabablar zamin hozirlaydi:

- ma'muriy narxlarni, jumladan, energiya va suvga ham, liberallashtirishning davom etishi;

- investitsiyalar o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat banklari orqali kreditlash siyosatini oshirish;

- aholi ish haqining oshirilishi.

2018-yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun mashinalar va uskunalarni hamda iste'mol talabini qondirish maqsadida iste'mol tovarlarini import qilish joriy operatsiyalardagi hisob-kitob defitsitini oshirdi.

2020-yilda yalpi tashqi qarzning biroz, ya'ni yalpi ichki mahsulotning 39 foizigacha qisqarishi taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, bank hisobotida keltirilishicha, davlat byudjeti defitsiti aksiz stavkalarining, daromad va ish haqi solig‘ining sezilarli pasayishi natijasida YaIMning 1 foizini tashkil etishi mumkin. 2020-yilda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning taxminan 25 foizigacha oshadi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar chet el valyutasi yetishmasligi, import bojlari va soliq stavkalarining yuqoriligi kabi biznes uchun ba'zi muhim cheklovlarni bartaraf etishga imkon berdi.

Mavjud iqtisodiy vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan qator chora-tadbirlar ham keltirilgan. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- investitsiya muhitini yaxshilash va kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish;

- soliq ma'muriyatchiligini to‘liq isloh qilish;

- davlat byudjeti operatsiyalari shaffofligini ta'minlash;

- sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida yerdan foydalanish va mulk huquqlarini isloh qilish;

- monopol davlat korxonalarini qayta tuzish va korporativ boshqaruv hamda moliyaviy hisobot talablarini kuchaytirish;

- eksport yo‘nalishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (ISO sifatni sertifikatlash, eksport xavfini kamaytirish, diversifikatsiya qilish va JSTga qo‘shilishni ham o‘z ichiga olgan holda).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech