21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

IT-xabarlar
9 Dekabr  2019 525

WhatsAppda yangi funksiya paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri vazifalarni yaratish va tegishli eslatmalarni olish imkonini beruvchi yangi funksiyaga ega bo‘ldi va u whatsapp.any.do saytiga joylashtirilgan, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Eslatma xizmati bilan birgalikda yaratilgan Any.do funksiyasi WhatsApp Reminders («WhatsApp eslatmalar») deb nomlangan va o‘rnatilgan messenjer orqali barcha qurilmalardan pulli obuna bo‘lish mumkin.

Vazifani yaratish uchun Any.do botiga eslatma vaqti ko‘rsatilgan tegishli xabar yuborish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, vazifani avtomatik ravishda shakllantirish uchun boshqa suhbatdoshlardan olingan xabarlarni yuborish ham mumkin.

Bundan sal ilgari WhatsApp ishlab chiquvchilari tomonidan ma'lum bir vaqtdan so‘ng foydalanuvchi xabarlarini avtomatik ravishda mustaqil o‘chiradigan yangi funksiya sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech