25 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Sport
9 Dekabr  2019 478

WADA Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalardan chetlashtirdi

Jahon antidoping agentligi (WADA ) ijroiya qo‘mitasi Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan chetlashtirdi.

Bunday qarorni qabul qilish WADAning muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi (CRC) tomonidan tavsiya etilgan. Rossiya andidoping agentligining (RUSADA) antidoping kodeksiga mos kelmasligini tan olindi.

Endi to‘rt yil davomida mamlakatda xalqaro musobaqalarni o‘tkazish taqiqlanadi, yirik musobaqalarda faqat neytral maqomdagi «toza» sportchilar ishtirok etishlari mumkin. Rossiya termasi ularda o‘z bayrog‘i ostida chiqa olmaydi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi yuqori rahbariyatiga, jumladan, ijroiya qo‘mitasining barcha a'zolariga to‘rt yil davomida yirik musobaqalarni ko‘rishga borish taqiqlanadi.

«Hammasi achinarli, ammo kutilganidek yakun topdi. WADA ijroiya qo‘mitasi barcha tavsiyalarni qabul qildi, ular bir ovozdan qabul qilindi, qo‘llab-quvvatlaydigan yoki bunga qo‘shilmaydigan biror kishi topilmadi», degan RAA «Novosti»ga RUSADA direktor o‘rinbosari Margarita Paxnotskaya.

U agar rossiyalik sportchilar va murabbiylar jahon antidoping kodeksiga rioya qilmaslikka aloqasi yo‘qligini isbotlasalar, xalqaro musobaqalarda qatnashishga ruxsat berilishi mumkinligini ham ma'lum qildi.

WADA  qarori 21 kundan so‘ng yoki Sport arbitraj sudida apellyasiya ko‘rib chiqilgandan keyin kuchga kiradi.

2015-yilning noyabrida WADA Rossiyani antidoping qoidalarini ko‘p buzishda aybladi, Moskva antidoping laboratoriyasi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, shuningdek, RUSADAning tashkilot kodeksiga nomuvofiqligi haqida qaror qabul qildi. 2016-yilda Richard Maklarenning Rossiya sportida doping haqidagi ma'ruzasining ikki qismi chop etildi. 2018-yil sentyabr oyida WADA ijroiya qo‘mitasi RUSADA maqomini qayta tikladi.

Sentyabr oyida WADA RUSADAni Moskva antidoping laboratoriyasining 2019-yil boshida WADAga yuborgan ma'lumotlari bilan manipulyasiya qilinishi ehtimoli sabab jahon antidoping kodeksiga muvofiq kelishini bekor qilish jarayonini boshlab yubordi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech