13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
31 Oktyabr  2019 455

Pokistonda yo‘lovchi poezdida portlash va yong‘in yuz berdi

Pokistonda poezd yonishida halok bo‘lganlar soni 62 kishiga yetdi. Bu haqda «The Daily Sabah» nashri xabar bermoqda. Bir necha o‘nlab yo‘lovchilar turli darajada jarohat olgan.

Poezd Karachidan Ravalpindi shahriga qatnovni amalga oshirayotgandi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga sabab taom tayyorlash uchun ishlatiladigan gaz ballonining portlashi bo‘lishi mumkin. Yong‘in uchta vagonni qamrab olgan va ular juda tez kuyib kul bo‘lgan.

Qutqaruvchilar, ba'zi odamlarning yong‘indan qochib, vagonlardan chetga sakrashgani va yerga urilish zarbi kuchli bo‘lgani o‘lim holatiga olib kelganini ham aniqlashgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech