22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Bilasizmi?
14 May  2019 324

Lotereyadagi yutuq tushda ayon bo‘lsa-ya?! Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Ammo yashil qit’alik fuqaro bir million Avstraliya dollarini lotereyada yutib oldi. O‘zining aytishicha, raqamlar... tushida ayon bo‘lgan emish!..

«Bi-bi-si»da keltirilishicha, raqamlar unga bundan 13 yil muqaddam tushida ayon bo‘lgan ekan. Ana o‘sha paytdan beri u barcha sotib olgan lotereyalarga o‘sha raqamlarni belgilay boshlagan. Omad keltirgan raqamlar unga bir necha marta kichikroq bo‘lsa-da, boshqa yutuqlarni keltirgan ham.

O‘zining aytishicha, bu safar tushida ko‘rgan raqamlarning hammasi to‘g‘ri kelgan. «Lotereya chiptasini internet orqali tekshirib ko‘rib, katta yutuq chiqqanini bildim, – deydi o‘zi. – Hamisha o‘sha raqamlar qachondir tushadi deb o‘ylab, ortga chekinish haqida o‘ylamaganman ham», deya izoh beradi yutuq g‘olibi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech