22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Kеyingi avlod
7 Fevral  2019 2180

Besh yoshli vatandoshimiz mental arifmetika bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi

Moskvadagi G‘alaba muzeyida Bolalar mental arifmetikasi markazi (UCMAS) tashkillashtirgan mental arifmetika bo‘yicha V Butunrossiya turniri bo‘lib o‘tdi.

«Dunyo» AAning xabar berishicha, turnirda 5 dan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etgan. Ular sakkiz daqiqa ichida turli murakkablikdagi 200 dan ziyod arifmetik misolni tezda og‘zaki hisoblab aytishi, vizual va flash (ekranda tez miltillayotgan) misollarni ham yechishi kerak edi.

Vatandoshimiz besh yoshli Muhammadyusuf Anvarov Beginner (kichiklar kategoriyasi)da birinchi o‘rinni oldi va unga oltin medal hamda kubok topshirildi.

Hali bolalar bog‘chasiga boradigan Muhammadyusf mental arifmetika bilan tajribali ustozi Elmira Arapova bilan ikki yildan beri shug‘ullanadi.

Jyuri a’zolarining ta'kidlashicha, Muhammadyusuf yechgan ayrim misollarni hatto, kattalar ham yecha olmaydi. Mental arifmetika miyaning har ikkala yarim sharini ham rivojlantirishga yordam beradi. Bundan vatanimizda bo‘lajak daho yetishib chiqmoqda, degan xulosaga ham kelish mumkin.

«Dunyo» AA surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech