15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Bo‘sh vaqtda
24 Iyul  2020 2317

Dam olish kunlari qanday havo kutiladi?

Shanba va yakshanba kunlari Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli va quruq boʻladi, faqat ayrim togʻoldi va togʻli joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Kunduzgi harorat 37-40 daraja atrofida boʻladi, janubda 42 darajagacha koʻtariladi.

Bugun Oʻzbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlariga Volgaboʻyi rayonlari ustida shakllangan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishi davom etmoqda.

Respublikamiz hududining katta qismida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat Toshkent viloyati boʻyicha, respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Harorat 35-38 daraja atrofida boʻladi, janubda ayrim joylarda 40-42 darajagacha yetishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech