05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xavfsizlik
21 May  2020 480

Avtohalokat qurboni 19 yoshli qiz

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida sodir boʻlgan avtohalokatda 19 yashar qiz vafot etdi.

Voqea 19-may kuni soat 13:30 larda, Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani hududidan oʻtgan 4R-76 «Qorakoʻl-Yangibozor-Jigʻachi» avtomobil yoʻlining 7-kilometrida sodir boʻlgan.

«Nexia» rusumli transport vositasi haydovchisi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, qarshisidan kelayotgan “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, «Nexia rusumli transport vositasi old oʻrindigʻida oʻtirgan yoʻlovchi qiz bola ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu avtomobil haydovchisi va 41 yashar ayol yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorakoʻl tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech