05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,2 °C

Mamlakatimizda
22 May  2020 1192

100 million dollar ekvivalentida

Sardobada hodisasidan jabrlanganlarni uy-joy bilan taʼminlash va infratuzilmani tiklash uchun 100 million dollar ajratiladi.

2020-yil 21-mayda Oʻzbekiston Respublikasining PQ-4722-sonli “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sardobadagi favqulodda hodisadan zarar koʻrgan fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash va infratuzilmani tiklash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga 100 million dollar ekvivalentidagi mablagʻlar ajratiladi.

Ushbu mablagʻlar, tegishlicha vazirlik va idoralarga talafot koʻrgan hududlarda yoʻl-transport infratuzilmasini, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini, ijtimoiy soha obyektlari va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, mablagʻlar Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joyi buzilgan va yashab boʻlmaydigan ahvolga kelgan oilalarga 2020-2021-yillar davomida koʻp qavatli uylarni qurish hamda qurib bitkazilgan va sotilmagan xonadonlarni egalikka berish uchun yoʻnaltiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech