23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,5 °C

Moliya
12 Iyul  2019 1319

Tanlash iste'molchidan: agar SMS-xabarnoma qimmat bo‘lsa?

15-iyuldan boshlab bank kartasi bilan operatsiyalar haqida SMS-xabarnoma narxi oshiriladi.

11313 qisqa raqamidan kiruvchi SMS-xabarnoma narxi 42,1 so‘mdan 84,2 so‘mga oshadi. O‘sish HUMO to‘lov tizimida, «Info Zone» MChJda SMS-xabarnoma yetkazib beruvchi kompaniya xarajatlarining, ya'ni mobil aloqa operatori narxlarining oshishi bilan bog‘liq.

Bu holatda HUMO karta egalariga bank kartasi bilan operatsiyalar haqida ma'lumot olishning muqobil usulini taklif qilishadi - @ HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy telegram-boti yordamida.

Hozircha xizmat sinov muddati doirasida bepul taqdim etilmoqda. Kelgusida foydalanuvchi quyidagilarni tanlashi mumkin: xizmatga haq to‘lab foydalanishda davom etish yoki o‘chirib qo‘yish. Narxlarga keyinroq aniqlik kiritiladi.

Fikrimizcha, bu xizmatga ulanish biroz noqulay. HUMO karta egasining bankda SMS-xabarni faollashtirishi, so‘ng Telegram-botni ishga tushirish va raqamni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak, shundan keyin xuddi o‘sha Telegram-botda SMS-xabarni o‘chirib qo‘yish lozim. Lekin tanlash iste'molchidan – narx oshishiga hyech bo‘lmaganda muqobil bor.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech