06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Xavfsizlik
1 Iyun  2020 524

Bir lahzada ikki kishi YTH qurboni

2020-yil 31-mayda Buxoro viloyati Jondor tumani hududida fojia bilan yakun topgan YTH sodir etildi.

Soat 17:30 da 24 yoshli haydovchi oʻz boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashinani “Gʻuzor- Beyneu” yoʻnalishidagi A-380 yoʻlining Jondor tumani “Luqmon” Gazli choʻl hududidan oʻtuvchi yoʻldan boshqarib ketayotgan.

Ushbu yoʻlning 301-kilometriga yetganida, qarama-qarshi yoʻnalishidan harakatlanib kelayotgan “MAN” rusumli avtomashinasini old qismiga borib urilib, yoʻl transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashina old yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirgan 48 yoshli yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech