23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Mamlakatimizda
18 Fevral  2020 1871

Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashuv

O‘zbekistonning BMTdagi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov Jahon savdo tashkiloti (JST) direktori Roberto Avazedo bilan uchrashdi.

Avazedoga Bosh vazir Abdulla Aripovning Toshkent investitsiya forumi va Toshkentdagi chet el investorlari Kengashiga taklifnomasi topshirildi.

Shuningdek investitsiya forumining maqsad va dasturlari, tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi doirasida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi masalalari, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha Ishchi guruhning kutilayotgan to‘rtinchi yig‘ilishi Jenevada o‘tkazilishi masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Avazedo O‘zbekistonda ro‘y berayotgan liberallashtirish jarayoni va iqtisodiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Yurtimizning JSTga qo‘shilishi jarayonida unga zarur xujjatlarni tayyorlash, o‘zbekistonlik ekspertlar va mutaxassislarning tematik seminarlar va kurslardagi ishtirokini kengaytirish yo‘li bilan ko‘maklashishga, shuningdek, Ishchi guruh yig‘ilishlarini tomonlar bilan kelishgan holda o‘tkazishga JSTning tayyor ekanligi izhor etilgan, deya xabar beradi «Dunyo» AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech