23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,4 °C

Xavfsizlik
10 Yanvar  2020 1490

Urildi, yondi, qochdi

9-yanvar kuni soat 23.20 da «Xalqlar do‘stligi» saroyi oldidagi Bunyodkor ko‘chasida (Chilonzor tumani) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

44 yoshli haydovchi Islom Karimov ko‘chasiga burilishdan oldin svetofor yaqinidagi tor joyda «Lasetti»sini to‘xtatdi. Unga orqadan katta tezlikda kelayotgan «BMW» avtomobili kelib urildi va har ikki mashina ham alanga ichida qoldi.

«Lasetti» haydovchisi va uning 6 yoshli yo‘lovchisi Toshkent IIBB YPX xodimlari va Milliy gvardiya tomonidan qutqarib qolindi. Ular jarohatlar va kuyishlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Boshqa ikki yo‘lovchi (44 va 8 yosh) hodisa joyida vafot etdi.

«BMW» haydovchisi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Uning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish… o‘sha qilmish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa») ochilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech