16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Hukumat
2 Sentyabr  2019 785
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

Birinchi Prezidentning qat'iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e'zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma'naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta'kidlagandi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchiligimizning Islom Karimovga hurmati ifodasi bo‘ldi.

Qur'on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlashdagi xizmatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a'zolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi. 

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech