14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Xavfsizlik
21 Oktyabr  2019 470

Bekoboddagi voyaga yetmagan qizlar o‘rtasidagi janjal haqida

17-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan san'at maktabining 4 qiz va 1 yigit talabasi, bir qizni urib tan jarohati yetkazgan”, nomli xabar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumot berishicha, joriy yilning sentyabr oyidan buyon ijtimoiy tarmoq orqali tanish bo‘lgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan 11-sonli ixtisoslashtirilgan sanat maktabining 2003-yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizlari M.A. va D.Z. (Ruxshona) o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, D.Z. tanishlari bilan M.A.ni maktab hovlisining holi hududiga chaqirib, ular gap talashib qolishadi. Natijada ular o‘zaro janjallashib ketishadi. D.Z. M.A.ni bir-ikki marotaba urib, turtib yuborgan vaqtida M.A. muvozanatini yo‘qotib, beton qoplamaga peshonasining chakka qismi bilan yiqilgan. Ushbu holatda D.Z.ning tanishlari ularni ajratishgan.

Yiqilib tan jarohati olgan M.A. tanishi bilan Bekobod shahar Markaziy shifoxonasiga borgan.

Shundan so‘ng, 21 sentyabr kuni M.A.ning dugonasi 2004-yilda tug‘ilgan N.M. uni shifoxonaga ko‘rgani borib, M.A.ning noroziligiga qaramasdan ijtimoiy tarmoq orqali D.Z. va uning tanishi “Nozima” ismli qizning fotosuratlarini “Qidirilmoqda” izohi bilan tarqatgan hamda shaharning jamoat joylari peshtaxtalariga yopishtirgan.

Holat yuzasidan D.Z.ning hatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasida (“Qasddan badanga yengil shikast yetkazish”) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, D.Z. voyaga yetmaganligi uchun Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq D.Z. hamda N.M.ning onalariga nisbatan, farzandlarini tarbiyalash va ta'lim berish borasidagi majburiyatini yetarli bajarmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan, to‘plangan hujjatlar shahar hokimligi qoshidagi “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi”ga yuborilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech