22 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Harbiy
22 Yanvar  2020 1022

Navoiylik yoshlar O‘zbekistondagi eng katta poligonda

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on okrug poligonida Navoiy viloyati hokimligi, Ichki ishlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Yoshlar bizning ertangi kunimiz” shiori ostida harbiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi, deya xabar beradi Markaziy harbiy okrug matubuot xizmati.

Samarqand viloyatida joylashgan Kattaqo‘rg‘on okrug poligoniga tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlarga poligonda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi. Poligon bo‘ylab sayohat qilgan yoshlar o‘quv binosi, kutubxona, tibbiyot punkti, yotoqxona, oshxona, sport majmuasi hamda panoramali otish majmuasida bo‘ldi. Xususan, panoramali otish majmuasida harbiylar va yoshlar o‘zaro fikr almashinib o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

Shundan so‘ng, dala o‘quv maydonida harbiy texnikalar va qurol aslahalar ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga har bir qurol-aslaha va texnikalarning xususiyati va o‘ziga xos jihatlari borasida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, jangovar tayyorgarlik boshqaruv punktidan turib o‘quv nuqtalarini kuzatib borishdi va qo‘l jangi namoyishlaridan bahramand bo‘lishdi.

Tadbir doirasida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov bilan uchrashib, suhbatlashdilar. Va bugungi milliy armiyamiz salohiyati, o‘zgarish va yangilanishlar, muddatli harbiy xizmatga borish va imtiyozlarga ega bo‘lish haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech