04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xalqaro hamkorlik
13 Mart  2020 662

GESlar ikki mamlakat ehtiyojiga xizmat qiladi  

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi, hamda ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilishda davom etmoqda.

Xabaringiz bor, Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish rejalashtirilgan.

Gidroelektrstansiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 million dollarga teng, quvvati 140 MVt  tashkil etuvchi hamda 700-800 million kVt-saot elektroenergiya  ishlab chiqaruvchi Yovon GESi qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaryoda qiymati 270 million dollarga teng, quvvati  135 MVt ni tashkil etuvchi hamda  500-600 million kVt-soat  elektroenergiya ishlab chiqaruvchi GES qurishni mo‘ljallangan.

Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablag‘lari, shuningdek tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha yagona energo tizimni qo‘llab-quvvatlashga hamda GES ni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyani teng asosda O‘zbekiston va Tojikistonga yo‘naltirishga ko‘maklashadi.

Ta’kidlash joizki, gidroelektrostansiyalar faqat O‘zbekiston ehtiyojlari uchun 1 400 million kVt.s ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech