22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Transport
26 Iyul  2019 864

Toshkentdagi temir yo‘l vokzallarida elektron navbat joriy etildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan Toshkent Markaziy hamda Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzallari chiptaxonalarida elektron navbat tizimi joriy etildi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Endilikda, temiryo‘l chiptalarni sotib olish uchun kelgan yo‘lovchi, har ikkala vokzalda ham elektron navbatga turish imkoniyatiga ega. Ya'ni, har bir fuqaro shu yerning o‘zida joylashgan o‘rindiqlarda o‘tirib, zalda o‘rnatilgan maxsus monitorlar orqali o‘z navbatini kuzatib turadi.

Tartib raqami hamda kassa raqami monitorda ko‘rinishi bilan, chipta xarid qilish uchun ko‘rsatilgan kassaga borib murojaat qilinishi lozim. 

Ushbu xizmat avvalo, kassalar oldida uzundan uzun navbatga turish va turli xil tushunmovchiliklarning oldini oladi hamda chipta rasmiylashtirayotgan operatorlar ishiga va sifatli xizmat ko‘rsatishga imkon yaratadi.

Shuningdek, chiptaxona zalida o‘rnatilgan maxsus elektron tablolardan yo‘lovchilar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali poezdlar harakat jadvali bilan tanishib, eletron chiptalarni xarid qilishlari va boshqa kerakli ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Yana bir muhim yangilik, Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzali chiptaxona zalida o‘rnatilgan katta ekranda onlayn tarzda qaysi poezd va qaysi vagonda chipta bor-yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumot beriladi. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratadi.

Jamiyat tomonidan chiptaxonalarga o‘rnatilgan mazkur elektron uskunalar sinov tariqasida ishlatilmoqda. Kelgusida bunday qulayliklar respublikamizning barcha hududlaridagi temir yo‘l vokzallarida ham joriy qilinishi ko‘zda tutilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech