07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Transport
9 Mart  2020 1015

Haydovchilar oxirigacha turib bermoqchi 

Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegarada 700 ga yaqin haydovchi, chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan.

2020-yilning 7-martida mamlakatimizning Tehron shahridagi Elchixonasi OVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari «Luftobod» va «Saraxs» chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgani to‘g‘risida internetda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Elchixonaning konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi.

O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan, hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda, deb xabar beradi TIV konsullik-huquqiy departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech