09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Biznes
27 May  2020 649

Koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrayotgan tadbirkorlar diqqatiga!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, karantin rejimidan soʻng ularning faoliyatini qayta tiklash, aholi bandligini taʼminlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yilning 20-may kuni “Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi doirasida qoʻshimcha ravishda 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar quyidagi tijorat banklariga ajratildi:

“Agrobank“ ATBga — 40 million AQSH dollari ekvivalentida;

AT Xalq bankiga — 30 million AQSH dollari ekvivalentida;

“Mikrokreditbank” ATBga — 30 million AQSH dollari ekvivalentida.

Agar Siz ham koronavirus pandemiyasi natijasida tadbirkorlik faoliyatingizda moliyaviy zarar koʻrayotgan boʻlsangiz, tijorat banklarida imtiyozli kredit mablagʻlarini olish yoki subsidiya va ssudalarni olish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarida muammolarga yoxud byurokratik toʻsiqlarga uchrayotgan boʻlsangiz:

Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonasining 11-00 ishonch telefoniga yoki business.gov.uz yagona interaktiv portaliga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech