20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +41,2 °C

Mamlakatimizda
31 Yanvar  2019 2313

Talabalar shaharchasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan ta'mirtalab bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Ushbu hududda shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yo‘laklari, maxsus velosiped yo‘llari, avtomashinalar uchun esa 400 o‘rinli avtoturargohlar barpo etilmoqda. 5600 kv.metr avtomobil yo‘llari asfalt qilinishi munosabati bilan avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi. 11 ming kv.metrga yashil maysalar yotqizilib, 1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi. Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatiladi.

Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr so‘raydi.

Ushbu qurilish ishlarini 15 kun muddatda yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech