05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Voqea-hodisalar
5 May  2020 1277

Yuqori manfaatli video-ko‘rgazma

Kanadada O‘zbeksitoning hunarmandchilik mahsulotlari va quruq mevalarining video-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Kanadadagi Elchixonasi (Vashington shahridagi rezidensiyasi bilan) tomonidan Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasi (CERBA) bilan birgalikda «evroosiyoning kichik va o‘rta korxonalari bo‘ylab virtual maslahat turi» loyihasi doirasida Kanadaning riteyler-kompaniyalari va yakka tartibdagi tadbirkorlari uchun O‘zbekistonning xalq-badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va quruq mevalarining video-ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

Tadbirda 30 dan ziyod Kanada kompaniyalari va tadbirkorlari, shuningdek Belarus, Qozog‘iston va Rossiyaning oziq-ovqat, kosmetika va bolalar o‘yinchoqlari soxasidagi 18 ta korxona va fabrikalari ishtirok etdi.

Onlayn-ko‘rgazmada mamlakatimiz tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov, «Hunarmand» uyushmasi rahbari, O‘zbekiston SSP raisi o‘rinbosari U. Abdullaev, «Agrobiznes» tashkilotining hammuallifi R. Hakimov, «Garden Cells» kompaniyasining bosh menedjeri M. Niyozov, «Gulnora Art»ning bosh direktori va «Craft and Art»ning direktor G. Odilovalar ishtirok etdilar.

Tadbirni ocha turib Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasining Ottava provinsiyasidagi hududiy direktori M. Belskix xonim yurtimiz vakillariga mazkur onlayn-ko‘rgazmada ishtirok etayotganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga O‘zbekiston hunarmandlarini Kanadada savdo uylari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Shuningdek M. Belskix xonim O‘zbekistonning so‘ngi yillarda mazkur oziq-ovqat turini chet elga yetkazib berish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakatlardan biri ekanligini inobatga olgan holda respublikamiz oziq-ovqat sanoatining quruq mevalar ishlab chiqarish kabi shunday an'anaviy yo‘nalishini yuqori baholadi.

O‘zbekiston SSP raisi A. Ikramov ushbu tadbirni uyushtirgani uchun Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildirdi. O‘zbekiston SSPning 2017-yil martidan beri Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasi bilan O‘zbekiston korxonalarining Kanada bozorida va o‘z o‘rnida Kanada korxonalarining yurtimizda faoliyat yuritishi bo‘yicha hamkorlik qilib kelayotgani ta'kidlandi. So‘ngi uch yil ichida Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan qo‘shma forumlarda har ikki mamlakatning o‘rta va kichik biznesining tobora ko‘proq vakillari yig‘ilyapti. Kanadaning innovatsion kompaniyalari xususan neft-gaz soxasi bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqishini namoyon qilmoqdalar.

«La Petite Russie» magazini diretori A. Gonmaxer xonim O‘zbekiston madanyati o‘z tarixi va ko‘p asrlik an’analari tufayli Kanadada mashhur ekanligini e’tirof etdi. U kishi «Hunarmand» uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini qo‘llab-quvatladi. Shuningdek kelgusi bosqichda uyushma bilan aloqani mustahkamlash, uning faoliyati,  taniqli a’zolari haqida taqdim etiladigan materiallari haqida ma'lumotlar olib turishga e'tibor qaratish kerakligini taklif etdi.

«PRInternational» kompaniyasining yetkazib berish bo‘limi boshlig‘i Ch. Setienna O‘zbekistonning «Garden Cells» va «Agrobiznes» kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. U shuningdek «PRInternational» kompaniyasining 40dan ziyod mamlakatlar bilan hamkorlik qilishini, har xil turdagi quruq mevalar, urug‘ va don-dunlarni olib kelib Kanadada tarqatishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning AQShdagi faxriy elchisi K. Lopez xonim yurtimiz hunarmandlari tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlarni yuqori baholadi. U kishi har yili Santa-Fe shahrida bo‘lib o‘tadigan xalq san’atinining Xalqaro bozorida o‘tgan yili O‘zbekistondan 20 nafardan ortiq hunarmandlari ishtirok etganini e’tirof etdi. Va ularning an’anaviy san’at mahsulotlarining turli namunalarini, xususan, shoyi va jun gilamlari, an’aniviy matodan tayyorlangan kiyim va boshqa mahsulotldarini taqdim etganini ta’kidladi.  

«GULNOR LLC» sado uyi vakili G. Odilova tadbir doirasida «Iroqi» shaklidagi shoyidan tayyorlangan keng turdagi to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish qildi. To‘qimachilik mahsulotlari namunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular mamlkatimizning qadimgi va zamonaviy jamolini o‘zida uyg‘un shaklda aks ettiruvchi o‘zbek to‘qimachilik san'atining turi va nafisligini yuqori baholadilar. 

Xalqaro tadbir yakuni bo‘yicha O‘zbeksitonning xalq-badiiy hunarmandchlik mahsulotlari va quruq mevalarining Kanada kompaniyalari va tadbirkorlari tomonidan taqdim etilgan video-ko‘rgazmasi chet elliklarning qiziqishini orttirdi va ularning O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga start berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Kanada kompaniyalari va tadbirkorlari Kanadaning Rossiya va yevroosiyodagi ishbilarmonlar uyushmasi bilan yaqin kelajakda Kanada kompaniyalari va tadbirkorlarida tasavvur uyg‘otish maqsadida O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari video-ko‘rgazmasini o‘tkazish haqida kelishishga erishildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech