22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Turizm
7 Mart  2020 1796

Vertolet tijorati — turizmning zo‘r qanoti

«Airbus Helicopters» O‘zbekistonda havo transporti rivojiga hissa qo‘shmoqchi.

Vertolyot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan «Airbus Helicopters» O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veber Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvda shu haqida ma’lum qildi. Uchrashuv davomida tomonlar 19-20-fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum» I Xalqaro aviatsiya forumi doirasida O‘zbekistonda vertolyot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lini muhokama qilishdi.

Vertolyotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning tog‘-chang‘i turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoji mavjudligi ta’kidlandi.

Muzokara davomida yurtimizning ushbu havo transportiga bo‘lgan ehtiyoji tahliliy misollarda o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar vertolyotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali O‘zbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish bo‘yicha qo‘shma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi. Ma’lumot uchun: «Airbus Helicopters» (sobiq «Eurocopter Group») — Fransiya-Germaniya kompaniyasi, dunyodagi eng yetakchi vertolyot ishlab chiqaruvchilaridan biri. «Airbus Group» konsernining sho‘ba korxonasi. Kompaniya daromadi 2018-yilda 6,0 milliarddan oshiq yevroga oshgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amtbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech