14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Sport
6 Oktyabr  2019 537

Tailanddagi Osiyo kubogida o‘zbekistonlik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandning Supxan Buri shahrida o‘tayotgan velotrek bo‘yicha Osiyo kubogining bugungi bahslari terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli utdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

O‘smirlar o‘rtasida yakkalik pasyut poygasida hamyurtimiz Yanina Kuskova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bu jamoamizning mazkur musobaqadagi ilk oltin medali bo‘ldi.

Shuningdek, Diana Adelshinova kattalar o‘rtasida ayni shu yo‘nalishda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishgan. Musobaqa 7 oktyabrga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech