19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Sport
25 Yanvar  2019 1177

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimligida Germaniya va Shveytsariya ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxt mezbonligida erkaklar, ayollar, o‘smirlar va nogironligi bor shaxslar ishtirokida velosport bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazishning tashkiliy ishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Hokimlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur mamlakatlarning boy tajribasidan foydalanib yurtimizda velesport turini ommalashtirish masalalalari ham muhokama etildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 aprelidan 28 apreliga qadar velosport bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida Osiyo chempionatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Chempionatning dastlabki kuni G‘azalkentda start olishi va musobaqaning keyingi kunlari International Hotel Tashkent mehmonxonasi hududidan Chorvoq suv omboriga qadar yo‘lda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Foto: velosport.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech