03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,3 °C

Transport
1 Iyun  2020 363

Vatandoshlarimizning qaytishi davom etadi

Ushbu haftada 4 ta mamlakatga 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi.

Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq joriy haftada Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshiriladi.

1 – 7-iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:

1-iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent

2-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

3-iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent

3-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

4-iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

5-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

6-iyun. Qohira – Toshkent – Qohira

6-iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent

7-iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

Eslatib oʻtamiz, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25-31-may kunlari amalga oshirilgan 8 ta qatnov orqali Rossiya Federatsiyasi va Turkiyadan jami 2118 nafar hamyurtlarimiz Oʻzbekistonga olib kelindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech