14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Xalqaro munosabatlar
30 Sentyabr  2019 702

Valentina Matvienko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

1-3-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienkoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati.

 

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Qonunchilik palatasi Spikeri  Nurdinjon Ismoilovning  Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi  o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech