10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Xavfsizlik
13 May  2020 832

Zarafshonda sel

Kuchli yogʻingarchilik tufayli Navoiy viloyatida sel hodisasi kuzatildi.

Joriy yil 13-may, taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar koʻrgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.

Oʻz vaqtida koʻrilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech