13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
10 Iyul  2020 751

Dam olish kunlari issiq havo chekinadi

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududida ob-havo sharoitlarining shakllanishiga oʻrta troposferadagi kuchsiz siklon harakati taʼsir koʻrsatadi. Bunday holatda respublikaning markaziy va sharqiy tumanlari ustida bulutlar koʻpayadi.

Respublika boʻyicha ob-havo vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Sharqiy Qozogʻistondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi Oʻzbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Bugun va ertaga kunduzi havo harorati 32-35 darajani mamlakatimiz shimoli, janubi va choʻl zonasida 37-39 darajani tashkil qiladi. Tungi harorat 19-24 daraja atrofida saqlanib qoladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni Oʻzbekistonning tekislik hududida ob-havo quruq va ochiq boʻladi, faqat respublikaning togʻli tumanlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Nisbatan salqin havo oqimi taʼsiri yakshanba kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 19-24 daraja atrofida, kunduzi 32-37 daraja boʻladi, mamlakatimiz janubi va choʻl zonasida 39 darajagacha isiydi. Bunday haroratlar kunning iqlimiy meʼyorlariga yaqin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech