22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Energetika
20 Mart  2020 1397

O‘zbekistonda beshta yangi quduq ishga tushdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «O‘zbekneftgaz» AJ va «ERIELL Group» kompaniyasi hamkorlikda yangi ob’ektlarni foydalanishga topshirdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Shimoliy Berdaq» konida 77-sonli quduq, shuningdek shleyf gaz quvurlari foydalanishga topshirildi.

Ayni paytda  Ustyurtda «Arslon» konining 18-sonli qudug‘i, shuningdek shleyf gazquvuri foydalanishga topshirildi. Quduq «Arslon» konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.

Qashqadaryo viloyatida «Somontepa» konidagi 127-sonli quduq ishga tushirildi. Shuningdek, shleyf gazquvuri barpo etildi.

Bundan tashqari, «Sho‘rtan» konida 327-sonli quduq foydalanishga topshirildi, shuningdek shleyf gaz quvuri barpo etildi.

Buxoro viloyatida «To‘maris» konining 12-sonli qudug‘i ishga tushirildi, shuningdek shleyf gaz quvuri barpo etildi.

Ko‘rsatib o‘tilgan quduqlarning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimiga tabiiy gaz uzatilishini ko‘paytirish imkonini beradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech