03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Salomatlik
25 Mart  2020 514

Koronavirusni aniqlash uchun test tizimi ishlab chiqildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlash bo‘yicha test sistemasi ishlab chiqildi.

Olimlar bundan taxminan bir oy oldin butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan virusning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini ishlab chiqish ustida ish boshlagan. Test sistemasi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining PSR usulidagi tahlilga asoslangan va bu o‘zbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasining xususiyati bo‘lib, hozirgi kunda xizmatlarimizdagi mavjud bo‘lgan testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan.

Ushbu to‘plam JSST hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tavsiyalari asosida ishlab chiqilganligini olimlar e'tirof etmoqda. Mahalliy test sistemasini yaratish jarayonida Amerika Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan ijobiy test namunalari ham qo‘llanilgan.

Markaz diagnostika test sistemalarini ishlab chiqarish uchun maxsus uchastkasiga ega. U yerda startapchilardan biri —«Biotestlab» jamoasi ishlaydi.

Mazkur test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun inson dimog‘idan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus to‘planadi. So‘ngra virus RNKsi olinadi, DNK shakliga o‘tkaziladi va PSR tahlili amalga oshiriladi — butun jarayon taxminan 5-6 soat vaqtni oladi. Bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan to‘laqonli test bo‘ladi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech