14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Sanoat
21 Yanvar  2019 3813

O‘zbekistonda g‘aroyib qurilish materiallari ishlab chiqariladi

Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida avtoklav usulida gaz-beton plitalar va bloklar ishlab chiqaradigan uskunalarning dastlabki partiyasini yetkazib berish bo‘yicha loyiha kelishuvi imzolandi.

Ushbu hujjat Germaniyaning «Wehrhahn GmbH» kompaniyasi va «East Mining Investment» O‘zbekiston-Turkiya QK o‘rtasida imzolangan, deya xabar beradi «O‘zqurilishmollari» AJ matbuot xizmati.

Loyihaning umumiy qiymati 130 million yevro bo‘lib, uning 50 millioni xorijiy investitsiyalardir. «O‘zsanoatqurilishbank» bunda moliyaviy ko‘mak va maslahat xizmatini ko‘rsatadi.

2018-yil Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida ushbu loyiha bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan. O‘shanda loyiha tashabbuskori O‘zbekistonda ushbu materiallarni ishlab chiqaradigan va quvvati yiliga 2,5 million kubometrga teng 5 ta zamonaviy ob’ektlarni qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Gaz-beton bloklar va plitalardan qurilgan bino va inshootlar issiqlik va energiyani juda yaxshi tejaydi hamda ularni qisqa vaqt ichida ko‘tarish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Wehrhahn GmbH» kompaniyasi o‘z faoliyatini 1892-yilda yosh nemis injeneri Genrix Verxan tomonidan Delmenxorst shahrida ochilgan kichkina zavoddan boshlagan. Bugun «Wehrhahn GmbH» zavodi dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat olib bormoqda va uning yangicha ish usulidan yetakchi fibrotsement va gaz-beton ishlab chiqaruvchilar keng foydalanadi. Kompaniya bir asrdan ko‘proq bo‘lgan o‘z tarixi davomida sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish mashinasozligida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biriga aylangan.

O‘z axborotimiz.

wehrhahn.de surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech