25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Xavfsizlik
11 Fevral  2019 1464

12,7 kilogramm simobni 103 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan nodir metallar, zaharlovchi hususiyatga ega moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanuviga oid yana bir holat fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi avtoturargohlarning birida  fuqarolar R.B. va K.D. “shartli xaridor”ga 12,7 kilogramm simobni 103 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech