03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Xalqaro hamkorlik
22 May  2020 271

Qardoshlik ruhi aks etgan yordam

Turkiya taqdim qilgan sunʼiy nafas oldirish apparatlari Toshkentga olib kelindi.

Turkiya tomonidan taqdim etilgan insonparvarlik yuki ortilgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga qarashli havo kemasi 22-may kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Istanbul – Toshkent yoʻnalishida parvoz qilgan samolyot Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga qoʻndi. Mamlakatimizga yetkazilgan insonparvarlik yukini qabul qilib olish marosimida mamlakatimiz Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul xodimlari, Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, Turkiyaning sunʼiy nafas oldirish apparati boshqa koʻplab muqobillariga qaraganda raqobatbardosh va yuqori sifatga ega.

– Sunʼiy nafas oldirish apparati oʻpkaning havo almashtirish faoliyati buzilganda qoʻllaniladigan qurilma boʻlib, koronavirusga chalingan bemorlar muolajasi jarayonida muhim ahamiyatga ega, – deydi Toshkent shahar tibbiyot birlashmasi bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Davron Sultonov. – Apparat vositasida yordamchi yoki toʻliq sunʼiy nafas olishga oʻtish oʻpkada havo almashishini taʼminlagani bois bemor ahvoli yaxshilanishiga erishiladi. Turkiyadan olib kelingan qurilma barcha yosh toifasidagi bemorlar uchun moʻljallangan.

Tibbiy uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashishda foydalanish uchun topshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech