01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
7 May  2020 578

Matiz kanlga ag‘darildi

2020-yil 5-may soat 23:30 da Sirdaryo viloyati Sayxunobold tumanida 3 kishiningg umriga zomin bo‘lgan YTH sodir eilgan. 31 yoshli haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasida Sayxunobod tumani «Do‘stlik» MFY hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketib yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada avtomashina xaydovchisi, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 30 yoshli erkak va 22 yoshli ayol kishi hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech