01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
22 Aprel  2020 2637

Cho‘pon va qo‘ylar YTH qurboni

Boysunda «Nexia» haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi.

Voqyea 21-aprel soat 02:00 da sodir etilgan. 23 yoshli haydovchi «Nexia» avtomashinasida Boysun tumani «Temirdarvoza» mahallasi hududidan o‘tuvchi 39 avtomobil yo‘lining 1334-kilometrida «Termiz-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan. Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha qo‘ylarni haydab ketayotgan cho‘ponnni va unga tegishli bo‘lgan 21 bosh qo‘ylarni hamda 10 bosh qo‘zilarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 28 yoshli cho‘pon tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.   

Holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech