06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Salomatlik
20 May  2020 943

Surxondaryo koronavirusdan holi

Toshkentda 17 nafar Xorazmda 2 nafar, Surxondaryoda esa 1 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar soni 2 369 nafarga yetdi.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganning 7 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 44 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2019-yilda tugʻilgan qizaloqdir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak (38 yosh, 40 yosh va 47 yosh).

Toshkent shahrida sogʻayganlar endilikda 813 nafarga yetdi.

Xorazmda tuzalib chiqqanlarning biri 49 yoshli, ikkinchisi esa 39 yoshli erkak kishilar.

Xorazmda shu paytga qadar 230 nafar bemor sogʻaygan, hozirda 3 nafar bemor davolanmoqda.

Surxondaryo tuzalib chiqqan 33 yoshli erkak oxirgi bemor boʻlib, jami ushbu hududda 43 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻldi. Hozircha Surxondaryo COVID-19 dan holi hududlar (Jizzax, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari) safiga qoʻshildi.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 369 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech