05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Salomatlik
9 Iyul  2020 1225

Poytaxtda yangi Sall-markazi ish boshlaydi

Koronavirus pandemiyasi tobora avj olayotganligi sababli unga qarshi kurash va kasallikdan himoyalanish tadbirlarini kuchaytirish bugunning eng muhim va dolzarb tadbirlaridan biridir.

Yurtimizda joriy etilgan karantin cheklovlari doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan taʼminlovchi, ular haqida maʼlumotni oʻrganib turuvchi Call-markazining faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila aʼzolariga tezkor va aniq axborot koʻmagini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.

Boshqa toifaga kiruvchi fuqarolar, yaʼni oʻzida boshqa kasallik alomatlarini sezayotgan, koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda shubhada boʻlgan yurtdoshlarimiz 1003 qisqa raqamiga, turar joylari boʻyicha tibbiyot muassasalariga, oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlari soʻraladi.

Tashkil etilayotgan Call-markaziga 10-iyulda soat 9:00 dan 1-avgustga qadar 1105 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Sall-markazi 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech