16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Hukumat
1 Iyun  2019 771
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Toshkent viloyati ichki ishlar tizimida eksperiment joriy etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi.

Bo‘lim uchun yangi bino barpo etildi. Tezkor navbatchilik qismi va xizmat xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv bo‘linmalari, pasport xizmati, psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 29-maydagi qaroriga muvofiq Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Ushbu eksperiment doirasida viloyat, tuman va shahar darajasidagi tuzilmalarni maqbullashtirib, 86 foiz xodimlarni quyi bo‘g‘inga tushirish belgilangan. Angren shahrida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

– Jinoyatchilik jilovlansa, xalqimiz xotirjam, davlatdan rozi bo‘ladi. Buning uchun hamma huquqni muhofaza qilish organlari yanada jips ishlashi, aholiga yaqin bo‘lishi kerak. Shunda huquqbuzarliklarning oldi olinib, jinoyatga o‘rin qolmaydi, – dedi Prezident.

Ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura, sud va boshqa organlar hamkorligini kuchaytirish, bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech