28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Turizm
14 Iyul  2020 1338

“Nanay” qishlogʻida zamonaviy turistik maskanlari tashkil etiladi

Namangan viloyatidagi Yangiqoʻrgʻon tumani “Nanay” qishlogʻi hududida samarasiz, oʻnlab yillardan beri foydalanilmasdan boʻsh va qarovsiz turgan koʻplab dam olish maskanlari negizida zamonaviy turizm obyektlari tashkil etilib, qishloq ekoturizm markaziga aylantiriladi.

Namangan viloyati hokimining “Nanay” qishlogʻining turizm va ekoturizm salohiyatini yana-da oshirishga, mahalliy aholi bandligini taʼminlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan “Yangiqoʻrgʻon tumanida turizm va ekoturizmni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida shu haqida maʼlum qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi 5780-sonli Farmonining 2019-yil 9-bandiga asoslanib, samarasiz, boʻsh va qarovsiz foydalanilmayotgan aktivlar Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligining balansiga qaytariladi va ular oʻrnida zamonaviy dam olish maskanlari (kemping, oromgohlar, mehmon uylari va boshqalar) tashkil etish maqsadida salohiyatli mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi.

Yangiqoʻrgʻon tumanida turizm tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish maqsadida Namangan viloyati hokimligi huzurida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan “Yangiqoʻrgʻon tumani “Nanay” qishlogʻini ekoturizm markaziga aylantirish, dam olish maskanlari bino-inshootlaridan foydalanish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish Direksiyasi” tashkil etiladi.

Viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasiga “Nanay” qishlogʻini ekoturizm markaziga aylantirish borasida mahalliy va xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, shuningdek, bir oy muddatda ayrim turizm obyektlarini davlat-xususiy sektor sherikchiligi asosida ajratishga doir loyiha tayyorlash vazifasi yuklatildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech