06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Ta'lim
30 Aprel  2020 661

Halol kadrlar tayyorlash ustuvor vazifa

Samarqand, Namangan va Termiz universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi.

«O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti «yurisprudensiya» mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi.

Shuningdek, Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi va «yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar bo‘yicha qabul, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, davlat, huquq va siyosiy-huquqiy fikr sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tashkil etiladi.

Farmon bilan yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash ushbu ustuvor yo‘nalishlardan biridir, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech