04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,8 °C

Salomatlik
7 May  2020 3795

Samarqandda chaqaloq, Toshkentda besh yuzinchi marra

Bugun Samarqandda 15 nafar, Toshkent 32 nafar bemor, jami 47 bemor tuzalib chiqdi.

Samarqand tuzalganlarning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Samarqandda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Poytaxtimizning Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018-yil tug‘ilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 9 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 81 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 500 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1 624 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech