17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,1 °C

Moliya
11 Fevral  2019 2186

Rossiyada «O‘zRTXB» AJning birinchi savdo maydoni ochildi

Chelyabinsk shahrida Rossiyaning «Atlant» MChJ negizida O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi ko‘magida yangi xorijiy «O‘zRTXB» (O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi) AJ savdo maydoni ishlay boshladi.

«Biznes-2019: Chelyabinsk oblasti ishbilarmonlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yangiliklari» konferensiyasida AJning savdo maydoni taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbirda Rossiya biznes-hamjamiyatidan 400 ga yaqin vakil ishtirok etdi.

Mazkur maydon birja savdolari elektron tizimi (BSET)ga ulanish bo‘lib, «O‘zRTXB» AJ internet-savdoda ishtirok etish bo‘yicha xorijiy mijozlardan buyurtmalar oladi.

O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari nafaqat standartlashtirilgan birja tovarlarini erkin sotishi va xarid qilishi, balki boshqa mahsulotlarning keng ro‘yxatini ham taklif etishi mumkin.

Bunda eng muhim jarayon savdolarning va o‘zaro hisob-kitoblarning ishonchliligi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishning, vaqt va mablag‘ning tejalishi, shuningdek, to‘lov kafolati va mahsulotlarni yetkazib berishning shaffofligidir.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zRTXB» AJning xalqaro savdo-sotiq tarmog‘i Qozog‘iston, Belorus va Xitoyda joylashgan birjalardagi savdo punktlarni ham qamrab oladi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech