30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Tashvishli xabar
12 Fevral  2020 1963

Buxoroda Nexia ag‘darildi

Joriy yilning 10 fevralida taxminan soat 07:30 larda Buxoro viloyati  Romitan tuman hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

24 yoshli A.R. «Nexia-2» rusumli avtomashinasida A-380 avtomobil yo‘lida «Xorazm-Buxoro»  yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomashina yo‘lning chekkasiga chiqib ketgan va bir necha marta aylanib ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilardan  49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A.lar hodisa joyida vafot etganlar. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga murojaat yetkazdirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech