20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Agrosеktor
10 Iyul  2020 3302

Yarim yilda 415 million dollarlik eksport

Birinchi yarim yillikda Oʻzbekiston dunyoning 59 ta mamlakatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirdi.

Yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston tashqi bozorga umumiy qiymati 415 million dollarga teng 719 ming tonna qishloq joʻjaligi sektorida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazdi.

Oʻzbek meva-sabzavotlari dunyoning 59 ta mamlakatiga joʻnatildi. Joʻnatilgan mahsulotlarning asosiy qismi sabzavotlar boʻlib, ular qiymati 114,4 million dollarga teng 451,2 ming tonnani tashkil etdi. Shuningdek, 143,3 million dollarlik 138,7 ming tonna hoʻl mevalar yetkazilgan.

Eksportda dukkakli va uzumning hajmi 49,8 va 32,2 million dollarga teng 50 va 28,7 ming tonnani tashkil etadi. Undan tashqari 13,1 million dollarga 4,4 ming tonna yongʻoq sotilgan. Poliz ekinlarining qiymati esa 2,3 million dollarni tashkil etib, hajmi 4,4 ming tonnani tashkil etadi.

Oʻzbek meva-sabzavotlarini koʻproq Qozogʻiston sotib oldi. Ushbu mamlakatga yarim yilda amalga oshirilgan eksport 130,2 million dollarni tashkil etadi. Rossiyaga esa 106,8 million dollarlik, Qirgʻizistonga esa 70,8 million dollarga meva-sabzavot joʻnatilgan, deb xabar beradi EastFruit.

Afgʻoniston Oʻzbekistondan 24,2 million dollarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olgan. Xitoy va Pokistonning ulushi eksportda 13,4 va 12,3 million dollarni tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech