24 Fevral 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Transport
5 Yanvar  2019 895

Toshkentga joriy yilning yanvar va fevral oylarida 48 ta yangi avtobus keltiriladi

Avval xabar qilinganidek, “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtosaroylardagi avtobuslar tarkibini yangilash maqsadida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan katta sig‘imdagi “MAN” hamda o‘rta sig‘imli “SAZ LE 60” avtobuslari bosqichma-bosqich keltirilmoqda.

Bugungi kunga qadar yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklarga ega 40 ta “MAN” va 58 ta “SAZ LE 60” avtobuslari keltirilgan edi. Ayni kunlarda esa yana 14 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar yetkazildi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning yanvar va fevral oylarida 20 tadan “MAN” hamda 8 ta “SAZ LE 60” rusumli jami 48 ta yangi avtobuslar keltiriladi. Istiqbolda bu kabi harakat tarkibining yangilanish jarayonlari davom etishi ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech