22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Energetika
5 Oktyabr  2019 1197

Navoiy viloyatida 12 oy davomida quyosh elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 15-17-may kunlari AQShga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga binoan, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt ga teng bo‘lgan birinchi FES qurilishi uchun maydoncha tanlandi.

 

Dastlabki saralash tanlovida XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiya mamlakatlarining 23 ta kompaniyasi ishtirok etib, ulardan 11 nafari navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Shu bilan birga «Acwa Power» (Saudiya Arabistoni), «Jinko Power» va «Aljoimah Energy & Water Consortium» (XXR/Saudiya  Arabistoni); «Masdar» (BAA); «TBEA Xinjianing Sunoasis Co Ltd» (XXR) va «Total Eren» (Fransiya) kabi 5 ta kompaniyaning tijoriy takliflari taqdim etildi.

Da'vogarlarning texnik va tijorat takliflarini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra, tender komissiyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kVt / soat uchun 2.679 AQSh sent va qurilish muddatini 12 oy deb belgilagan "Masdar" (BAA) xalqaro tender kompaniyasini g‘olib deb elon qildi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech