22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Mamlakatimizda
29 Yanvar  2019 1175

Navoiy viloyatida to‘rtta ko‘prik qayta ta’mirlandi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidagi «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi»  DUK buyurtmachiligida – Navoiy viloyatidagi 4 ta ko‘prik rekonstruksiya qilinib, ta’mirdan chiqarildi.

Ta’mirlangan ko‘priklardan biri – viloyatning Nurota tumanidagi «Yangiobod» va «Cho‘ya» qishloqlarini bog‘lovchi soy ustidagi, 4N380 avtomobil yo‘lining 29,4-kilometrida joylashgan. Ko‘prikning uzunligi 36 p/m, eni 12 metrni tashkil etadi.

4K 387 «Toshrabot q – G‘amxo‘r q.» avtomobil yo‘lining 8-kilometrida rekonstruksiya qilingan, uzunligi 18 p/m, eni 13 metrni tashkil qilgan yana bir ko‘prik – Navoiy viloyatining Qiziltepa va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanlari hududini bog‘lab turadi.

Navbatdagi – 4n374v avtomobil yo‘lining 5-kilometridagi ko‘prik ham qayta ta’mirlandi. Mazkur ko‘prikning uzunligi 12 p/m, eni 10 metr, ko‘prikka kirish-chiqish yo‘llari esa 40 metrni tashkil qiladi.

Xatirchi tumani Zartepa qishlog‘idagi «Achchisag‘onoqsoy» qirg‘oqlari yog‘ingarchilik paytida, sel kelishi oqibatida kengayib ketgani bois, soy ustidagi ko‘prik ta’mirtalab holatga kelib qolgandi. Ushbu ko‘prikda ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda ko‘prikning uzunligi 12 p/m dan 15 p/mga uzaytirildi hamda to‘liq qayta qurildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech