22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Energetika
25 Oktyabr  2019 644

Mo‘ynoqda yangi tizim va dasturda ishlaydigan elektr ta'minoti korxonasi ish boshladi

Joriy yil mart oyida “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Mo‘ynoq tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi qurilish ishlari boshlangan edi. 23-oktabr kuni ushbu zamonaviy majmua ochildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.

Bu yerda innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan, iste'molchilarga uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi uch qavatli zamonaviy binoda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 120 o‘rinli xoll va zallar bunyod etilgan. Mijozlar uchun qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida ma'lumotlar elektron tablolarda aks etib turadi.

Shu bilan birga, bu yerda energiya ta'minotining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy qilindi. Ushbu tuzim mamlakatimiz elektr tarmoqlari tizimida noyob bo‘lib, operativ-dispetcherlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, ushbu elektr ta'minoti tizimida korxona tasarrufidagi 5 mingdan ziyod xonadonga va 300 ga yaqin yuridik iste'molchiga xizmat ko‘rsatuvchi 5 ta  podstansiya, uzunligi 564 kilometr bo‘lgan 0,4/10 kV li elektr uzatish tarmoqlari, yangidan tortilayotgan elektr kabel simlari, shuningdek, 166 ta transformator punktining elektron tarzdagi sxematik grafigi mavjud bo‘lib, ularni nazorat kilish  maxsus “Radiomera” dasturi asosida amalga oshiriladi. 

Ushbu dastur orkali tuman hududidagi barcha podstansiyalarga oid ma'lumotlar yig‘ilib, operativ-dispetcher xizmatiga on-layn rejimida yetkazib beriladi.

Shuningdek ushbu dastur orkali 110/10 kV li “Orol”  podstansiyasida o‘rnatilgan vakuumli vklyuchatelni ham boshqarish imkoni yaratildi. Qorag‘alpog‘iston Respublikasida birinchi bo‘lib joriy qilingan bunday qurilma podstansiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha avariya holatlarining oldini olish, ekspluatatsiya sarf-harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech